23 Fevral 2023 yil 271

Qidiruvdagi shaxs Toshkent shahar hududidan ushlandi

Soliq va yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash xatti-harakatini sodir qilganligi uchun Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga jalb etilgan Qarshi shahrida yashovchi N.X.aybini xaspushlash uchun noma’lum tomonga yashirindi. Natijada unga nisbatan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan qidiruv e’lon qilindi.

Qarshi shahar IIO FMB VSH boshlig‘i podpolkovnik O.Erdonayev va VSH navbatchisi safdor R.Usmonqulovlar tomonidan 2023 yilning 20 fevral kuni Toshkent shahar hududidan ushlanib, vaqtincha saqlash xibsxonasiga joylashtirildi.

Text to speech