13 Dekabr 2022 yil 508

Qidiruvdagi shaxs Toshkent shahar hududidan ushlandi

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganidan o‘ziga tegishli xulosa chiqarib, aybi uchun javob berish o‘rniga qochishni abzal bilgan Ko‘kdala tumanida yashovchi X.O. ga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.

Chiroqchi tuman ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor  qidiruv ishlari davomida X.O. 2022 yilning 12 dekabr kuni Toshkent shahri hududidan ushlanib, VSXga joylashtirildi.

Text to speech