20 Fevral 2023 yil 498

Qidiruvdagi shaxs Qo‘ng‘irot tumanida ushlandi

Firibgarlik xatti-harakatini sodir etganligi uchun Kasbi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga jalb etilgan tumanni “Pandiron” MFYda yashagan Ch.U. viloyatdan chiqib ketgandi. Natijada unga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.

Qashqadaryo viloyati IIB va Kasbi tumani IIB o‘tkazgan tadbirlar davomida tezkor qidiruv ishlari davomida 2023 yilning 17 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani hududidan ushlanib, VShga joylashtirildi.

Text to speech