13 Iyul 2022 yil 320

Qidiruvdagi shaxs Qarshi shahridan ushlandi

Har joyni qilma orzu, har yerda bor toshu tarozu, degan xalq naqlini chiroqchilik S.X. endi yaxshi anglab yetgan bo‘lsa ajabmas. Negaki, u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “b” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qilmishi uchun javob berish o‘rniga qochishni afzal bildi. Natijada unga nisbatan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan qidiruv e’lon qilingandi.

Qarshi shahar IIO FMB va viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida S.X. Qarshi shahar hududidan ushlandi.

Text to speech