1 Avgust 2023 yil
453
Qidiruvdagi qonunbuzar ushlandi
O‘g‘irlik jinoyatini sodir qilgan Qarshi tumanida yashovchi Z.D. qilmishi uchun qonun oldida javob berish o‘rniga ichki ishlar organlari xodimlaridan yashirinishni ma’qul ko‘rdi. Shundan so‘ng bu kimsaga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida qonunbuzar Z.D. Toshkent shahridan ushlanib, tergov organiga topshirildi.