18 Iyul 2023 yil 202

Qashqadaryoda sportning voleybol turi boʻyicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining qiz bolalar oʻrtasida viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi

Yurtimizda isteʼdodli va iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga imkoniyatlar yaratish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy imkoniyatlaridan kelib chiqib sport jamoalariga jalb etish maqsadida Ichki ishlar vazirining 2023 yil 1 iyul kunidagi “Sportning voleybol turi boʻyicha Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi farmoyishi eʼlon qilingandi.

Farmoyish talablariga asosan, Qarshi Olimpiya va paralimpiya zahiralari sport maktabida 17 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida voleybol musobaqasining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi masʼulligida tashkil etilgan musobaqaning viloyat bosqichida shahar-tuman hududiy saralash bosqichida gʻolib boʻlgan 16 ta jamoa oʻzaro kuch sinashdi.

Qizgʻin va murosasiz oʻtgan musobaqada Qamashi tumani voleybolchi qizlari jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Navbatdagi sovrinli oʻrinlarni Nishon tumani va Kitob tumani voleybolchi qizlar jamoasi band etishdi.

Gʻoliblarga kubok, diplom va qimmatbaho sovgʻalar viloyat IIB rahbariyati tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech