5 May 2020 yil 791

Qashqadaryoda qoʼsh jinoyatchi faoliyatiga chek qoʼyildi

Qarshi shahar Аrabxona mahallasida yashovchi fuqaro Q.S. 2020 yil 29-aprelь kuni Kasbi tuman IIB boshlig'i nomiga ariza bilan murojaat  qilib, u oʼz arizasida 2020 yil 28-aprelь kuni Kasbi tumani Doʼstlik maxallasida yashovchi fuqaro R.I.ga oʼziga tegishli boʼlgan oq rangli “Neksiya-1” rusmli 70 А 943 FА davlat belgili avtomashinasini oʼzaro kelishuv asosida 53.500.000 soʼmga baholab sotganligi, ushbu avtomashina pularini Kasbi tumaniga borib, yashash uyidan shu kuni olib berishligini vaʼda qilib, uning ishonchiga kirib, shu kuni Kasbi tumani Talishbe qishlogʼi hududidagi suyultirilgan gaz balonlar tarqatish shaxobchasi oldiga kelganida avtomashina boshqarib kelayotgan S.Q.ga avtomashanani sotib olganligini, qishloqdoshlari koʼrishi uchun oʼzi boshqarishligini aytib, uni avtomashinadan tushishiga erishganidan soʼng avtomashina boshqaruviga oʼtib, hodisa joydan ketib qolgan. 30.04.2020 yilda I.R.dan “Neksiya-1” rusumli 70 А 943 FА davlat belgili avtomashina tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan. I.R. oʼzining jinoiy qilmish xatti-harakatlarini davom ettirib, 2020 yil 29 aprelь kuni Muborak tumani Bobur MFYda yashovchi N.Sh.ga tegishli boʼlgan “Lasetti” rusumli 80 Ye 794 NA davlat raqamli avtomashinani yoniga kelib, avtomashina egasi hamda atrofda biror bir kishi yoʼqligiga ishonch hosil qilib, oʼzi bilan birga olib kelgan atvyorkadan foydalanib, mazkur transport vositasini old va orqa davlat raqamlarini hech kimga bildirmay yechib, hodisa joydan yashiringan. Shu bilan birga I.R. oʼzining jinoiy qilmish xatti-harakatlarini takroran davom ettirib, 2020 yil 29 aprelь kuni Muborak tumani Bobur MFY hududidagi koʼp qavatli uylarni oldiga kelib, shu koʼp qavatli uyni pastki qismida turgan Muborak tumani Bobur MFY.da yashovchi D.T.ga tegishli boʼlgan “Matiz” rusumli 70 Z 483 KA davlat belgili avtomashinani yoniga kelib, avtomashina egasi hamda atrofda biror bir kishi yoʼqligiga ishonch hosil qilib, oʼzi bilan birga olib kelgan atvyorkadan foydalanib, mazkur transport vositasini old va orqa davlat raqamlarini yechib olib, hodisa joyidan yashiringan. 30.04.2020 yilda I.R.dan “Lasetti” rusumli 80 Ye 794 NA davlat beligili avtomashinani bir dona davlat raqami, “Matiz” rusumli 70 Z 483 KA davlat belgili avtomashinani ikki dona davlat raqamlari va bir dona atvyorka tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan. TIIB TB tomonidan I.R.ga nisbatan Oʼz.R JKning 168-m 2-q “a” bandi, 169-m 3-q “a” bandi va 227-m 1-q bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech