Qashqadaryoda profilaktika inspektorlariga imtiyoz asosida avtomobillari topshirildi
Yurt ravnaqi, xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qilish kishidan katta sabot va mantonatni talab etadi. Ushbu jarayonda jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, roʼy berganlarini fosh etish, fuqarolarning osoyishta turmush tarziga puxta zamin hozirlashdek mashaqqatli xizmatga bel bogʼlagan soha xodimlarining mehnati alohida eʼtiborga molik. Jumladan, ichki ishlar organlarida ham Vatanga, xalqqa sadoqat bilan xizmat qilib, hamkasblari ishonchini qozonayotgan xodimlar koʼpchilik. Yaqinda Qarshi shahridagi “Nasaf” oʼyingohida bor bilim va tajribasini ishga solib, xizmatda ijobiy natijalarni qoʼlga kiritib kelayotgan bir guruh ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari xodimlarining ota-onalariga Ichki ishlar vaziri oʼrinbosarining “Tashakkurnoma”si” va qimmatbaho sovgʼalari topshirildi.
Xuddi shuningdek, ichki ishlar organlarining profilaktika sohasida samarali xizmat qilib, biriktirilgan hududda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olgan, jamoat va fuqarolar xavfsizligini munosib taʼminlab kelayotgan bir guruh profilaktika inspektorlariga imtiyozli kredit asosida yangi “RАVON-3” avtomobillari topshirildi. Аvtomashinalarni oʼz sohiblariga IIV oʼrinbosari polkovnik B.Аbdullaev tantanali ravishda topshirdi.