24 Mart 2020 yil 689

Qashqadaryo viloyatini bogʼlovchi yoʼllarida karantin postlari tashkil etildi

Qashqadaryo viloyatini qoʼshni Samarqand va Buxoro viloyatlar bilan bogʼlovchi yoʼllarda jami boʼlib 3 ta karantin postlari tashkil etilgan. Ushbu postlarda viloyat IIB YHXB, Milliy gvardiya va Sogʼliqni saqlash boshqarmasi xodimlari xizmat olib borishmoqda. Qashqadaryo viloyat hududida roʼyxatda turuvchi fuqarolar Toshkent shahri hududiga chiqishi cheklangan.

Kitob tumanida joylashgan "Mingchinor" muntazam YPX maskaniga qoʼshni Samarqand viloyatidan kirib kelayotgan har bir transport vositalari dezinfektsiya qilinmoqda. 

Chiroqchi tumanida joylashgan "Oʼmakay" muntazam YPX maskaniga qoʼshni Samarqand viloyatidan kirib kelayotgan har bir transport vositalari dezinfektsiya qilinmoqda. 

Muborak tumanida joylashgan "Shirinbulok" muntazam YPX maskaniga qoʼshni Buxoro viloyatidan kirib kelayotgan har bir transport vositalari dezinfektsiya qilinmoqda.

Text to speech