11 Aprel 2020 yil 835

Qashqadaryo viloyatida Yoʼl harakat qoidalarini buzgan shaxs javobgarlikka tortildi

2020 yil 08 mart kuni Qamashi tuman IIBga tushgan xabarga koʼra, shu kuni soat 00:30 larda, Qamashi tumani Qoratepa qishlogʼi hududidan oʼtgan 4 RK 291 “Qamashi-Shakar” yoʼlining 22 km.da Qamashi tumani “Qoratepa” MFY, Kichik Dusberdi qishlogʼida yashovchi T.J. boshqaruvida boʼlgan “Neksiya” rusumli 70 U 251 KА davlat belgili avtomashinasi bilan “Qamashi-Shakar” yoʼnalishida boshqarib kelib, oʼziga qarama qarshi yoʼnalishdan harakatlanib kelayotgan, Qamashi tumani Qoratepa qishlogʼida yashovchi X.А. boshqaruvida boʼlgan “Lifan” rusumli 70 628 АА davlat belgili motrolleri (tritsikl) bilan toʼqnashib, YTH sodir qilgan. Natijada, “Lifan” rusumli motroller haydovchisi А.X, motrolleri yukxonasida boʼlgan, Qamashi tumani Qoratepa qishlogʼida yashovchi B.А.lar jarohat olib shifoxonaga tushgan. Mazkur holat yuzasidan TIIB tomonidan J.T.ga nisbatan Oʼz.Res JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech