Qashqadaryo viloyatida “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Yoʼl harakati xavfsizligi xizmati Ichki ishlar vazirligi hisobidan tezlikni nazorat qilish boʼyicha 5 ta “Neksiya-3” avtomobillar bazasiga oʼrnatilgan mobilь komplekslari va 16 ta “Аlkotester”vositalari bilan taʼminlandi
1 450 nafar haydovchilar tomonidan yoʼl harakati qoidalari buzilganligi(382 tasiqoʼpol) aniqlanib, 281 ta transport vositalari jarima maydoniga joylashtirildi;
Mast holda boshqarish – 26 ta, qizil chiroqqa boʼysunmaslik – 208 ta, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talabini bajarmaslik – 20 ta, transport vositasini hujjatlarsiz boshqarish – 156 ta, transport vositalarining 39 tasida sovuq qurol, 1 tasida isteʼmolga yaroqsiz goʼsht aniqlandi,4 ta qidiruvdagi transport vositalari va 1 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi,
4 ta taʼlim muassasalari hududidan oʼtgan yoʼllar zamonaviy yoʼl belgilar bilan jihozlanib, oʼquvchilar xavfsiz harakatlanishi uchun sharoit yaratildi;
transport vositalarining erkin harakatlanishiga toʼsqinlik qiluvchi 1 ta noqonuniy avtoturargoh aniqlandi va bartaraf etildi. “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari viloyat miqyosida keng koʼlamda oʼtkazilmoqda.