Qashqadaryo viloyatida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida
Voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt aniqlab, jinoyat sodir yetilishini oldini olish maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼining birinchi oʼrinbosari polkovnik J.R.Ataev boshchiligida tanqidiy muhokama yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Unda boshqarma, Qarshi shahar IIO FMB va shahar-tuman IIBlarida faoliyat koʼrsatib kelayotgan inspektor-psixologlari va VEIHYoKM xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirda voyaga yetmaganlarni jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etishlariga omil boʼlayotgan holatlarni barvaqt aniqlab, ularni oldini olish hamda jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishlariga nima sabab boʼlayotganligi, ularni muammolarini oʼz vaqtida bartaraf etib, ijtimoiy huquqiy yordam koʼrsatish kerkaligi oʼqtirildi.
Viloyat hududida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar mahallalar kesimida muhokama etilib jinoyat sodir etishga moyil boʼlgan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibda profilaktik ishlarni kuchaytirish borasida yuriqnomalar berildi. Hududida jinoyat sodir etilishiga yoʼl qoʼymagan xodimlarga viloyat IIB boshligʼining tashakkurnomalari topshirildi.