13 Avgust 2021 yil
564
Qashqadaryo viloyatida test sinovlarida soxta "abiturientlar" aniqlanmoqda
Oliy oʼquv yurtlariga kirish uchun mamlakatimizda ham test sinovlari yakunlanmoqda. Test sinovlarini topshirishda bilimiga ishongan yoshlar savollarni yechib chiqmoqda. Аmmo ayrim “bilimli” yoshlar maʼlum manfaat evaziga birovning oʼrniga test sinovlarini topshirishga kirishga urinmoqda. Lekin ziyrak ichki ishlar organlarining saʼy-harakati tufayli bu toifa shaxslar toʼxtatib qolinmoqda.
Test sinovlari boshlanganidan to shu kungacha oʼzganing oʼrniga kirgan 41 ta, uyali telefondan foydalangan 74 ta holatlar aniqlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.