15 Aprel 2020 yil 818

Qashqadaryo viloyatida qonunga xilof ravishda giyohvandlik vositalarini oʼtkazish aniqlandi

2020 yil 14 aprelь kuni Yakkabogʼ tumani IIBga tushgan habarga koʼra, 2020 yil 13 aprelь kuni soat 13:00larda, Yakkabogʼ tumani Guliston QFYda yashovchi X.M. shu qishloq hududida Q.R.ga 1.800.000 soʼmga 10 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutilarga joylangan 18,5 gramm koʼp miqdordagi “Marixuana” giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida holislar ishtirokida ushlanib, tegishli tartibda xujjatlashtirilgan. VIIB xodimlari hamda TIIB xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2020 yil 14 aprelь kuni soat 11:00 larda, m.X oʼzining yashash uyidagi shisha idishda saqlab kelayotgan 152,0 gramm koʼp miqdordagi “Marixuana” giyohvandlik  vositasini taqdim qilgan va ushbu giyohvandlik vositalari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Shahrisabz TIIBning xulosasida, M.X.dan olingan yashil rangli, quruq holdagi, oʼtkir hidli oʼsimlik tarkibida faol giyohvand modda tetrogidrokannabional mavjud boʼlgan, “Marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi, uning sof ogʼirligi 18,5 grammni tashkil etishi, shuningdek M.X.ning yashash uyidan olingan yashil rangli, quruq holdagioʼtkir hidli oʼsimlik tarkibida faol giyohvand modda tetrogidrokannabional mavjud boʼlgan “Marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi, uning sof ogʼirligi 152,0 grammni tashkil etishi aniqlanganligi koʼrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan M.X.ga nisbatan Oʼz.Res JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.   

Text to speech