19 Iyun 2020 yil 835

Qashqadaryo viloyatida profilaktika va targʼibot tadbirlarini kuchaytirish masalalari muhokama etildi

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan joriy yilning 15 iyunь kuni hamda Ichki ishlar vazirining  oʼrinbosari general-mayor А.I.Ikramov tomonidan joriy yilning 17 iyunь kuni oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash, profilaktika xizmati xodimlarining faoliyati ustidan doimiy nazorat oʼrnatish, shu maqsadda shahar, tuman IIO FMB va IIBlariga amaliy yordam koʼrsatish borasida Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼining oʼrinbosari, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʼi  podpolkovnik U.N.Yaxshiev tomonidan ham bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

         Joriy yilning 17 iyunь kuni Qarshi shahar IIO FMBdagi barcha IIBlarda xizmat olib boruvchi profilaktika (katta) inspektorlari va barcha profilaktika xizmati xodimlarining avtomashinalari hamda oʼzlarining xizmat hujjatlari oʼrganildi.

         Qarshi shahar IIO FMB profilaktika inspektorlarining 7 iyundan 14 iyunь kuniga qadar yaʼni bir hafta davomida amalga oshirilgan profilaktik tadbirlari balli tizimda baholanib, hafta davomida yetarli darajada profilaktik tadbirlarni tashkil etmasdan, eng kam ball toʼplagan profilaktika inspektorlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Аksincha eng yuqori ball toʼplagan profilaktika inspektorlariga viloyat IIB boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik U.N.Yaxshiev tomonidan TАShАKKURNOMАlar eʼlon qilindi.

                Qashqadaryo viloyati IIB HPB masʼul xodimlari toomonidan shahar, tuman IIBlariga amaliy yordam koʼrsatish davom ettirilmoqda.  

Text to speech