15 Aprel 2020 yil 692

Qashqadaryo viloyatida oʼgʼrilik yoʼli bilan birovning mol-mulkini talon-taroj qilgan shaxs oʼz vaqtida ushlandi

2020 yil 14 aprelь kuni Chiroqchi tuman IIO FMBga tushgan habarga koʼra, Chiroqchi tumani  “Oʼzbekiston” MFY, Guliston koʼchasi 3-uyda yashovchi I.А. shu kuni 04:00larda, Chiroqchi tumani “Bogʼishamol” MFYda yashovchi J.А.ning yashash uyi hovlisida joylashgan old va yon qismlari temir panjara bilan oʼralgan molxonasiga gʼayriqonuniy ravishda kirib, molxonada boʼlgan qoʼylar orasidan bir bosh bozor bahosi 1.000.000 soʼmlik qoʼyini yashirin ravishda oʼgʼirlik yoʼli bilan talon-taroj qilib, ushbu qoʼyni yelksiga koʼtarib, hodisa joyidan yashirinib qochib kelayotgan vaqtida, tungi xizmatga jalb qilingan Chiroqchi tumani 3-sonli IIB PI va tezkor xodimlari tomonidan ushlanib, undan 1 bosh qoʼy ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tuman IIO FMB TB tomonidan А.I.ga nisbatan Oʼz.Res JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech