17 Aprel 2020 yil 837

Qashqadaryo viloyatida karantin qoidalarini buzgan shaxslar javobgarlikka tortildi

Koronovirus infektsiyasini oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik targʼibot va tashviqot tadbirlariga qaramasdan, “Epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish” huquqbuzarligini sodir etgan jami 4784 nafar shaxslar Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 53 va 54-moddalari (karantin va inson uchun xavfli boʼlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʼlishi yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarini buzish tartibida maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Shu bilan birga Maxsus komissiyaning 4 apreldagi 01-14/1-234-sonli bayoni talablari asosida 6 aprelь kuni soat 6-00 dan viloyat markazida mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanishi vaqtincha  cheklanishi belgilanishiga qaramasdan, Qarshi shahar markazida xududida harakatlangan jami 501 ta velosiped, jami 336 ta avtomashinalar maʼmuriy bayonnomalar asosida jarima maydonchalariga joylashtirildi.

Text to speech