Qashqadaryo viloyatida "Gashish" giyohvandlik moddasi to'xtatib qolindi
yil 16 mart kunidan 17 mart kuniga oʼtar kechasii kech soat 01:00 lar atrofida Chiroqchi tumani Umakay muntazam YPX maskanida giyohvandlik moddalarining noqonuniy muomilasiga qarshi kurashish tadbirlar oʼtkazilayotgan vaqtida Chiroqchi tumani Umakay YPX maskanida DXX Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va Qashqadaryo VIIB JQB xodimlari hamda viloyat YPX xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida Termiz-Toshkent yoʼnalishida harakatlanib kelayotgan oq rangli Kobalt rusumli avtomashina toʼxtatilib tekshirilganida, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro S.N. boshqarib kelayotganligi maьlum boʼlib, avtomashinaning oldi oʼrindigʼida yoʼlovchi sifatida kelayotgan Surxondaryo viloyati Uzun tumanida yashovchi fuqaro M.S. oʼzini shubxali tutganligi sababli uning yoni va yuk sumkalarini holislar ishtirokida tekshirilib koʼrilganida, sumkasining ichida boʼlgan 1 litrli bonka ichida oq poletilin selofanga oʼralgan oʼtkir xidli, toʼq jigar rangli “GАShISh” giyohvandlik moddasi jami sof ogʼirligi 98.9 gr ekanligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB TB tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.