Qashqadaryo viloyatida fuqaro avtomashinada “Marixuana” giyohvandlik vositasini chekib turgani aniqlandi
Yakkabogʼ tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan 2020 yil 30-may kuni soat 12:00 larda “Yakkabogʼ-Chiroqchi-Shoʼrbozor” 4R-84 avtomobilь yoʼlining Yakkabogʼ tumani Uchtepa MFYdan oʼtgan yoʼl chetida toʼxtab turgan “Spark” rusumli 80 V 441 LA davlat belgili avtomashina koʼzdan kechirilganida, avtomashinani old oʼrindigʼida oʼtirgan Buxoro viloyati Buxoro shahri Gazli shoh koʼchasida yashovchi M.Sh “Marixuana” giyohvandlik vositasini chekib turgani aniqlanib, shunga asosan u oʼtirgan oʼrindiq koʼzdan kechirilganida, oʼrindiqning tag qismidan oq sellofan paketga joylangan 13,9 gramm miqdorda “Marixuana” giyohvandlik vositasi topilib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilgan. Shahrisabz shahar IIB xulosasiga koʼra, “Spark” rusumli 80 V 441 LA davlat belgili avtomashina salonidan olingan bir dona shaffof rangli sellofan paketga solingan yashil rangli, qoʼl bilan ushlab koʼrilganda quruq holdagi oʼziga xos oʼtkir hidli, oʼsimlik moddasi tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud boʼlib, bu oʼsimlik moddasi “Marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi, sof ogʼirlik 13,9 gramm ekanligi koʼrsatilgan. TIIB TB tomonidan Sh.M.ga nisbatan Oʼz.R JKning 276-m 2-q “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.