14 Yanvar 2021 yil 690

Qashqadaryo viloyatida bayram paradi boʼlib oʼtdi

Qashqadaryo viloyatida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni ertalabdan viloyat hokimligi, barcha harbiylar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va keng jamoatchilik vakillari Motamsaro ona haykali maydonida saf tortdi. Yigʼilganlar ramziy Motamsaro ona haykali poyiga gullar qoʼyib, hurmat bajo keltirishdi.

Soʼngra harbiy orkestr sadolari ostida viloyatda faoliyat koʼrsatayotgan barcha harbiy qismlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan bayram paradi tashkil etildi.

Tadbirda ichki ishlar organlari xodimlari ham ishtirok etib, tizimda mavjud harbiy texnikalar va qurollar bilan chiqishdi.

Text to speech