8 Sentyabr 2021 yil 319

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar xodimlari tomonidan 200 kg ogʼirlikdagi kelib chiqishi noʼmalum boʼlgan hayvonning laxm goʼshtlari aniqlanib yoʼq qilindi

Qashqadaryo viloyati IIB PPX va JTSB Karantin boʼlinmasi xodimlari va YHXB xodimlari bilan hamkorlikda, Qashqadaryo viloyat Chiroqchi tuman hududida joylashgan, "Umakay" muntazam YPX maskanida 2021 yil 08 sentyabrь kuni soat 02:20 larda Qashqadaryo-Toshkent yoʼnalishida harakatlanib kelgan, Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro N.Ochilov boshqaruvida boʼlgan 70 O 974 QA davlat belgili "Lasetti" avtomashinasi tekshirilib, avtomashina yukxonasi koʼzdan kechirilganda, avtomashina yukxonasida hech qanday veterinariya maʼlumotnomalarisiz kelib chiqishi noʼmalum boʼlgan, 4 dona selofan paketlarda jami 200 kg ogʼirlikdagi kelib chiqishi noʼmalum boʼlgan hayvonning laxm goʼshtlari aniqlandi, kelib chiqishi nomaʼlum boʼlgan hayvon goʼshtlaridan Qashqadaryo viloyat Chiroqchi tuman oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza loborotoriyasi tomonidan namunalar olinib tekshirilganda, tuman ekspertiza loborotoriyasining xulosasiga asosan, isteʼmolga yaroqsiz deb topilib, tegishli tartibda yoʼq qilindi.

Text to speech