Qashqadaryo viloyati Nishon tumani IIB probatsiya hisobida turgan mahkumlar muddatidan ilgari jazodan shartli ozod qilindi.
Jamiyatimizda sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholining odil sudlovga boʼlgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarini ishonchli himoyasini taʼminlash, shuningdek, odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʼnalishlari etib belgilangan.
Аyni paytda yurtimizda karantin sababli sudlarda aksariyat jinoyat ishlarini koʼrish toʼxtatilgan boʼlishiga qaramasdan, mahkumlarga nisbatan insonparvarlik tamoyillariga asosan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi talablari jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yuzasidan tuman ichki ishlari organlari Probatsiya guruhlari tomonidan kiritilayotgan taqdimnomalar koʼrib chiqilmoqda.
2020 yil 4 may kuni jinoyat ishlari boʼyicha Nishon tuman sudi tomonidan Nishon tumani IIO Probatsiya guruhining 7 nafar mahkumni jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalari qanoatlantirildi.
Jumladan, mahkum Togʼayqulov Sobit Musurmonqulovich bilib-bilmasdan giyohvandlik oldi-sotdisi bilan bogʼliq jinoyatga aralashib qolganligi sababli Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
270-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib 8 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan va jinoyat kodeksining 74-moddasiga asosan 2 yil 8 oy 1 kun muddatga oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan edi. Mahkum jazoni oʼtashga vijdonan va halol munosabatda boʼlib, jazoni oʼtash davrida oʼzini ijobiy tomondan koʼrsatib, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganligi va JKning 73-moddasiga asosan jazo muddatining 2/3 qismini oʼtaganligini inobatga olib, sud mahkumni jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qildi.
Eng muhimi, sud tomonidan jinoyat sodir etgan, biroq qilmishning huquqqa xilofligini anglagan va axloqan tuzalish yoʼliga oʼtgan mahkumlarga imkon berilganligi xalqimizning kechirimlilik va bagʼrikenglik kabi azaliy qadriyatlarning roʼyobga chiqarilishi bilan bir qatorda jazodan ozod etilgan mahkumlarning jamiyatda oʼz oʼrnini topishga, oila aʼzolari, farzandlari, shuningdek el-yurt taraqqiyoti uchun munosib hissa qoʼshishlariga yana bir imkon yaratdi.