Qashqadaryo viloyati IIBda “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” mavzusida maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi.
“Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish kontseptsiyasi”ga koʼra ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!" kontseptual gʼoyasi asosida tashkil etilmoqda.
Xodimlarda milliy madaniyat va qadriyatlarga hurmat va ehtirom his-tuygʼularini, yuksak axloqiy meʼyorlarni shakllantirish, Oʼzbekiston xalqining boy tarixi, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlariga hurmat, milliy madaniyatimizning eng yaxshi namunalarini ular ongiga singdirish asosiy yoʼnalishlardan biridir.
Qashqadaryo viloyati IIBda “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” mavzusida maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. Unda Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligi Oʼz xavfsizligi boshqarmasi Qashqadaryo viloyati boʼyicha boʼlimi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash boshqarmasi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning shahar-tuman boʼlim va boʼlinmalari hamda xodimlarning ota-onalari ishtirok etishdi. Tadbirni viloyat ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik Shermuhammad Muslimov ochib, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ichki ishlar organlari tizimida bir qator islohotlar amalga oshirilayotganini, kelajagimiz bunyodkorlari boʼlgan yoshlarning bugungi taʼlim-tarbiyasi, halolligi, zimmasidagi vazifalarni toʼla-tukis amalga oshirishi, har tomonlama barkamol boʼlib ulgʼayishi ertangi kunni belgilab beruvchi muhim omildir.
Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik Аzizbek Mehmonov, Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bosh maslahatchisi polkovnik Ravshan Tursunov, Ichki ishlar vazirligi Oʼz xavfsizligi boshqarmasi Qashqadaryo viloyati boʼyicha boʼlimi boshligʼi podpolkovnik Nurali Ovlaevlar soʼzga chiqib, Oʼzbekistonda yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvatlash, ularning sifatli taʼlim-tarbiya olishi, oʼz iqtidorini toʼla-toʼkis namoyon qilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotganini, bundan tashqari, ularning ijtimoiy, huquqiy himoyasi ham doimiy diqqat markazida boʼlayotganini, yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yoʼnalishlaridan biri ekanligini taʼkidlashdi.
Ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari bevosita fuqarolar bilan eng koʼp ishlaydigan xizmat ekanligi, shu bois ular doim xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilish kerak degan gʼoya asosida ish olib borishlari taʼkidlab oʼtildi. Fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala boʼlib, ularning muammolarini tinglash, kerakli maslahat va yoʼl-yoʼriqlar berish ichki ishlar organlari xodimlarining asosiy ish mezonidir.
Xizmat jarayonida fuqarolar tomonidan ishini tezroq bitirish maqsadida taklif etiladigan arzimagan manfaat yoki tamagirlikka murosasiz boʼlish soha xodimlarining obʼroʼsi va xalqning ishonchini oshiradi.
Tadbirda ishtirok etgan soha xodimlarining ota-onalari va oilasi eʼtiboriga farzandi yoki turmush oʼrtogʼining yurish-turishi, harakatlarida sezilgan oʼzgarishlarni darhol rahbariyat bilan kelishgan holda bartaraf etish, ortiqcha bosim yoki mablagʼ talab etmaslik xususida ham tegishli taklif va mulohazalar bildirildi. Tadbir yakunida xizmatda ijobiy natijalarni qoʼlga kiritib kelayotgan bir guruh boshqarma M va FRB xodimlarining ota-onalari boshqarma rahbariyatining “Tashakkurnoma”lari bilan taqdirlandi.