Qashqadaryo viloyati IIBda Oʼzbekiston Respublikasi IIV Аkademiyasi
Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulьteti tinglovchilarining malakaviy amaliyotini oʼtash ahvoli, uning nazorati va sifatini oshirish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda 1998–2019 yillarda Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulьtetini tamomlab, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tizimlaridagi turli rahbar lavozimlarida faoliyat olib borayotgan IIO xodimlari, oxirgi uch yilda Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulьteti tamomlab, bugungi kunda joylardagi ichki ishlar organlarida xizmat faoliyatini olib borayotgan xodimlarning faoliyati, 2019/2020 oʼquv yilida oʼqishga kirish uchun nomzodlar bilan tanishish hamda Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2018 yil 1 maydagi buyrugʼi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Yigʼilishni Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼining oʼrinbosari polkovnik X.Sh.Bozorov ochdi va olib bordi.
.Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi IIV Аkademiyasi Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulьteti boshligʼi polkovnik M.Ziyodullaev amaliyot oʼtayotgan xodim ham Аkademiyada olgan nazariy bilimlari va amaliy ish tajribalariga tayangan holda jinoyatchilikni oldini olish unga qarshi kurashish, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish borasida ichki ishlar organlari xodimlarga yaqindan yordam berayotganliklar taʼkidladi.
Qashqadaryo viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik K.Nazarov oʼz soʼzida stajirovka oʼtayotgan tinglovchilarni tezkor tadbirlarda ishtirok etishini inobatga olgan holda ularga kerakli maxsus vositalar biriktirilganligini, malakaviy amaliyot rahbarlari tomonidan tinglovchilarni stajirovka oʼtash hududlaridagi tezkor vaziyat bilan tanishtirib, holatni nazorat hamda tahlil etishi, tezkor vaziyatni barqarorlashtirish borasida rahbar kadrlar tayyorlash fakulьteti tinglovchilari asoslantirilgan qarorlar qabul qilib, oʼzlarining boy tajribalaridan kelib chiqqan holda jinoyatlarni oldini orlishda nazariy va amaliy bilimlarini ishga solib, jinoyatlarni fosh etishga munosib hissa qoʼshayotgani, sohaviy xizmatlar vakillariga kerakli tavsiyalar berib kelayotganligini aytib oʼtdi.
Yigʼilishda Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulьteti tinglovchilari soʼzga chiqib, malakaviy amaliyotning oʼtgan davrida amalga oshirgan, berilgan koʼrsatma va topshiriqlar ijrosi boʼyicha bajarilgan ishlari haqida birma-bir axborot berib oʼtdilar.
Yigʼilish yakunida Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼining oʼrinbosaripolkovnik X.Sh.Bozorov boshqarma rahbariyati tomonidan Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulьteti bitiruvchilarini kelgusida yuqori lavozimlarga tayinlashga alohida eʼtibor qaratib kelayotganligi, bu esa yildan yilga Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulьtetiga kirish uchun murojaat qilayotgan xodimlarning sonining koʼpayayotganligini bildirdi.
Koʼlami keng yigʼilish yakunida tegishli qaror qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.