15 Iyul 2023 yil 255

Qashqadaryo viloyati IIBda o‘tkazilgan navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi

Qashqadaryo viloyati IIBda boshqarma rahbariyati, tarkibiy bo‘limlar va sohaviy xizmatlar xodimlari ishtirokida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarmaning shahar tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari va xodimlari studiyalardan oylayn ishtirok etishdi. Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov ochdi. 

Kun tartidagi masalalar yuzasidan so‘zga chiqqan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov ichki ishlar organlari xodimlari ning kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarligini yanada oshirish, xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini boyitish va bu boradagi dunyoqarashini kengaytirish hamda Ichki ishlar vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining tarixi muzeyini tashkil etish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha so‘z yuritdi.

Yig‘ilishda Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimi viloyat miqyosida xodimlar bilan bog‘liq sodir bo‘lgan salbiy va favqulodda holatlar to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Yakunda rejissor Zilola Jo‘rayeva tomonidan suratga olingan "AFV" nomli videofilm shaxsiy tarkib e’tiboriga havola etildi.

Text to speech