16 Aprel 2023 yil 278

Qashqadaryo viloyati IIBda IIV Akademiyasi rahbariyati, IIV ShXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati, tinglovchilar va ularga biriktirilgan murabbiylar hamda tinglovchilarning ota-onalari ishtirok etishdi.

Qashqadaryo viloyati IIBda IIV Akademiyasi rahbariyati, IIV ShXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati, tinglovchilar va ularga biriktirilgan murabbiylar hamda tinglovchilarning ota-onalari ishtirok etishdi. 

Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov ochib, mamlakatimizda Yurtboshimiz tashabbusi bilan ta’limga bo‘lgan e’tibor ham oshganini, yoshlarning jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk bo‘lib ulg‘ayishlari uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar muhayyo qilinganini ta’kidladi. 

Tadbirda so‘z olgan IIV Akademiyasi boshlig‘i polkovnik Rustam Xatamov ichki ishlar organlari uchun professional kadrlar tayyorlash masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani, tizim uchun mutaxassis kadrlar tayyorlashni tubdan takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik an’ana va metodlar, ilg‘or xorijiy tajribalarni keng tatbiq etish, yosh xodimlarning kasbiy hamda ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirish, ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud muammolarni ilmiy jihatdan o‘rganish orqali jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini amaliyotga joriy qilish zarurligini ta’kidladi.

Ichki ishlar organlari tizimi asosan Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan kadrlar bilan to‘ldiriladi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 16 avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroridan kelib chiqib, mazkur o‘quv muassasasida kadrlarni o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar boshlab yuborildi.

Yig‘ilishda Akademiya boshlig‘i mavjud muammolarga to‘xtalar ekan, zamonaviy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘ymay turib, hech qanday natijaga erishib bo‘lmasligini alohida ta’kidladi. 

– Shiddat bilan rivojlanayotgan hozirga davrda kadrlar tayyorlash masalasiga o‘zibo‘larchilik qabilida yondashish, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga loqaydlik bilan qarash, bir so‘z bilan aytganda, jamiyatimizda kechayotgan islohotlardan ortda qolishga hech birimizning haqqimiz yo‘q, – dedi Akademiya boshlig‘i polkovnik R.Hotamov.

Prezidentimizning 2020 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son Qarori mazmun-mohiyati ham ishtirokchilarga atroflicha tushuntirildi.

Ko‘lami keng yig‘ilishda IIV ShXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Temur Bayjanovlar so‘zga chiqib, ichki ishlar organlari xodimlari va tinglovchilari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, faoliyat davomida korrupsion va favqulodda holatlar sodir etmaslik borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tinglovchilarning ota-onalari va ularga biriktirilgan murabbiylar so‘zga chiqib, yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalarni qo‘llab-quvatlashini bildirishdi.   

Yakunda o‘qishda va amaliyot o‘tash jarayonida boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh kursantlarga kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Text to speech