Qashqadaryo viloyati IIBda boshqarma boshlig‘i Shuhratjon Satvoldiyev fuqarolarni qabul qildi
Fuqarolar bilan doimiy muloqot, ularni murojaatlarini tinglab, muamolariga yechim topish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri. Bu borada Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va uning qo‘yi tizimlari rahbarlari tomonidan joylarda qator qabullar uyushtirilmoqda. Qabullarda asosiy e’tibor “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” bosh g‘oyasi asosida fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari ta’minlanishiga qaratilmoqda. Jumladan, viloyati ichki ishlar boshqarmasi Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida boshqarma boshlig‘i 3-sektor rahbari polkovnik Shuxratjon Satvoldiyev 14 nafar fuqarolarningn murojaatlarini tingladi.
Qabulda murojaatlarning asosini ichki ishlar organlariga ishga kirish, shuningdek, moddiy va ma’naviy zararni undirish, soha xodimlariga minnatdorchilik hamda tergov surishtiruv harakatlari bilan bog‘liq masalalarni tashkil etdi.
Sayyor qabulda fuqarolarning 3 murojaati ijobiy hal etildi. 3 nafar fuqaroga huquqiy tushunchalar berilib, o‘rganish uchun vaqt talab etadigan 9 ta murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.