15 Iyul 2022 yil
562
Qashqadaryo viloyati IIBda boshqarma boshlig‘i Shuhratjon Satvoldiyev fuqarolarni qabul qildi
Bugun, 15 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev qabulga kelgan fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlarini tinglab, birma-bir ko‘rib chiqdi.
Bunda asosan, murojaatlarning joyida hal etilishiga e’tibor qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan muammolar nazoratga olinib, chora-tadbirlar belgilandi.