13 Aprel 2020 yil 794

Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari ogʼufurushlarni oʼz vaqtida qoʼlga olishdi

2020 yil 10 aprelь kuni Kitob tuman IIBga tushgan xabarga koʼra, TIIB tezkor xodimlari tomonidan 2020 yil 09 aprelь kuni soat 23:30 larda, Kitob tumani “Yangiobod” MFYda, Kitob tumani Bogʼibaland qishlogʼida yashovchi S.J. boshqaruvida boʼlgan “Lasetti” rusumli 01 R 602 KA davlat belgili avtomashina toʼxtatilib koʼzdan kechirilganda, avtomashina salonida boʼlgan qishloqdoshi, Q.А.ning egnidagi shimining oʼng choʼntagidan qogʼoz boʼlagiga oʼralgan holdagi yashil rangli, oʼtkir hidli quritilgan oʼsimlik barglari, shuningdek avtomashina orqa oʼrindigʼidan bir dona “Spichki” yozuvli gugurt qutida boʼlgan yashil rangli, oʼtkir hidli quritilgan oʼsimlik barglari mavjudligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. А.Q.ning shimi choʼntagidan olingan malla rangli qogʼoz boʼlagiga oʼralgan yashil rangli, qoʼl bilan ushlab koʼrilganda quruq holdagi, oʼziga xos hidli, oʼsimlik moddasi tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjudligi, bu oʼsimlik moddasi mariuxana giyohvandlik moddasi boʼlib, marixuana giyohvandlik vositasining sof ogʼirligi 0,6 gramm ekanligi, avtomashinaning chap orqa tomoni eshigi tagidan olingan bir dona “Spichki” yozuvli gugurt qutisiga solingan yashil rangli, qoʼl bilan ushlab koʼrilganda quruq holdagi, oʼziga xos hidli, oʼsimlik moddasi tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjudligi, bu oʼsimlik moddasi mariuxana giyohvandlik moddasi boʼlib, marixuana giyohvandlik vositasining sof ogʼirligi 2,5 gramm ekanligi koʼrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan А.Q.ga nisbatan Oʼz.Res JKning 276-moddasi 1-qismi bilan
jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech