9 Yanvar 2023 yil 231

Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari Amir Temur muzeyida

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 31 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari va shahar tuman ichki ishlar bo‘limlarida  xizmat qilayotgan xodimlar Shahrisabz shahridagi Amir Temur muzeyida bo‘lishdi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, boshqarma Faxriylar kengashi a’zolari, Shahrisabz shahar, Kitob va Shahrisabz, Yakkabog‘  tumanlari IIB xodimlari  buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning davlat boshqaruvi, sarkardalik mahorati va harbiy san’ati, dono va oqil siyosati, madaniyat va ma’rifat homiysi, kuchli siyosati borasidagi bilimlarini yanada boyitib, muzeydagi eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bir so‘z bilan aytganda, tadbir ishtirokchilarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Text to speech