30 May 2020 yil 710

Qashqadaryo viloyati IIB tezkor xodimlari ogʼufurushlarni oʼz vaqtida qoʼlga olishdi

Qarshi shahar 3-sonli IIBga 2020 yil 28 may kuni tushgan xabarga koʼra, shu kuni soat 15:25 larda viloyat IIB, Qarshi shahar IIO FMB tezkor xodimlari va  Qarshi shahar 3-sonli IIB xodimlari tomonidan Qarshi shahar “Otchopar” MFYda yashovchi J.M.ning yashash uyi hovlisidagi tomorqasi koʼzdan kechirilganida, tomorqasidagi tut daraxti yoniga ekilgan gullar orasidagi 50x50 sm joydan bir tup, suv nasosi yaqinidagi 50x50 sm joydan bir tup, suv xovuzi yonidagi 50x50 sm joydan bir tup yashil rangli oʼtkir xidli oʼsimliklar ekib parvarishlab kelinayotganligi, shuningdek, anor daraxti yonidagi 50x50 sm joyda ekib parvarishlanayotgan bir tup yashil rangli oʼtkir xidli oʼsimlik esa IIB xodimlari kelgan vaqtida xonadon egalari tomonidan yashirish maqsadida tagidan yulib olinib qoʼshni xovli tomorqa xududiga devordan otib yuborilganligi, bundan tashqari xojatxona oldidagi qoʼl yuvish uskunasi qopqogʼi ustiga quritish uchun qoʼyilgan nam holatdagi yashil rangli oʼtkir xidli oʼsimlik barglari turganligi holati aniqlanib, holislar ishtirokida jami 4 tup yashil rangli oʼtkir xidli oʼsimliklar va ushbu oʼsimlik barglari xujjatlashtirib olingan. M.J.ning yashash xovlisidan olingan
4 tup yashil rangli oʼsimlik tarkibida giyoxvand modda tetrogidrokannabinol  giyoxvand moddasi bor boʼlgan KАNNАBIS oʼsimligi ekanligi, uning jami sof ogʼirligi 236 grammni tashkil etishligi koʼrsatilganligi xamda qoʼl yuvish uskunasi qopqogʼi ustiga quritish uchun qoʼyilgan nam xolatdagi oʼtkir xidli oʼsimlik barglari tarkibida tetrogidrokannabinol giyoxvand moddasi bor boʼlgan KАNNАBIS oʼsimligi ekanligi, uning jami sof ogʼirligi
8,7 grammni tashkil etishligi koʼrsatilgan. Mazkur xolat yuzasidan Qarshi shahar 3-sonli IIB TB tomonidan M.J.ga nisbatan Oʼz.Res JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech