20 May 2022 yil 348

Qashqadaryo viloyati IIB JXX HPB veihyokm va Qarshi shahar IIO FMB JXX VEBIG inspektor-psixologlari reyd tadbirlarini muntazam oʼtkazishmoqda

      Viloyat IIB JXX HPB VEIHYoKM va Qarshi shahar IIO FMB JXX VEBIG inspektor-psixologlari bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va jinoyat sodir etishini oldini olish maqsadida tungi reyd tadbirlari muntazam oʼtkazib kelinmoqda.
    Reyd davomida shahar markazidagi internet tarmogʼidan foydalanish xizmatlarini koʼrsatish uchun jihozlangan “Pandora” kompyuьter zalida klubning masʼul shaxslari tomonidan voyaga yetmagan shaxsning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning oʼrnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz boʼlishiga yoʼl qoʼygani holati aniqlandi.
     Shuningdek “Osiyo” kafesida oʼtkazilgan reyd davomida koʼngil ochish joylarida nazoratsiz yurgan voyaga yetmaganlar borligi aniqlandi.
Oʼtkazilgan reyd davomida jami 9 nafar tungi vaqtlarda koʼngil ochish joylarida ota-onasining nazoratisiz yurgan voyaga yetmaganlar aniqlanib, ona-onalariga topshirilib, ularga ota-onaning farzandi oldidagi majburiyatlari tushuntirildi.
      Bolalarning yurish turishi, yerga qarab turgan mayus yuziga qarab nahotki, ota-onalari farzandlariga shunchalik bemehr va beeʼtibor boʼlsa. Qolaversa boʼyi yetgan yoshgina qizi tunda oʼydan chiqib ketishini ota-ona bilmasligi mumkin emas. Hali voyaga yetmagan oʼsmir qizini uydan chiqarib yuborgan ota-onaga qanday manfaat bor?! Аxir qiz bola ota-onaning or-nomusiku.

Text to speech