18 Mart 2022 yil 353

Qashqadaryo viloyati IIB JTSB PPXB masʼul xodimlari tomonidan Qarshi shahridagi 44-sonli umumiy-oʼrta taʼlim maktabida "TIGʼ" profilaktik tadbiri doirasida targʼibot-tashviqot ishlari olib borildi

Jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, jamoat xavfsizligini taʼminlash, sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida ichki ishlar organlari xodimlari qator profilaktik tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Jinoyatchilik joʼgʼrofiyasidan kelib chiqib, soha vakillari odamlar gavjum boʼladigan bozor va savdo markazlari, avtoturargohlar, temir yoʼl va avtoshohbekatlar, umumiy-oʼrta taʼlim maktablari va boshqa jamoat joylarida muntazam kuzatuv nazorat ishlarini amalga oshirmoqda. “Tigʼ” profilaktik tadbirining maqsad va mohiyati ham jinoyatlarni erta aniqlab oldini olishga qaratilgan. Tadbirda jamoat joylarida, taʼlim muassasalarida sovuq quroldan yoki hayot va sogʼliq uchun xavfli boʼlgan boshqa buyumlardan foydalangan holda jinoyatlar sodir etilishiga yoʼl qoʼymaslik, sodir etilganlarini “issiq izdan” fosh etish tashlandiq joylarda bemaqsad yurgan shaxslarni aniqlashga eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu jarayonda yangi tahrirdagi Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksiga kiritilgan oʼzgartishlar ham targʼibot qilinmoqda. Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʼlgan ashyolarni olib yurish:
Sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʼlgan ashyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xoʼjalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʼliq boʼlgan hollarda, jamoat joylarida ochiq (gʼilofsiz) holda olib yurish,
—Bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.
Sovuq qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʼlgan ashyolarni ulardan ov qilishda, kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xoʼjalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʼliq boʼlmagan hollarda, jamoat joylarida olib yurish, xuddi shuningdek oʼzini oʼzi himoya qilish maqsadida olib yurish,

—Huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Text to speech