14 Oktyabr 2021 yil 724

Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida tahliliy yigʼilish boʼlib oʼtdi

Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida joriy yilning toʼqqiz oyi davomida joylardagi tergov boʼlinmalari faoliyati muhokamasiga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi.
Yigʼilishni Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼining oʼrinbosari, Tergov boshqarmasi boshligʼi podpolkovnik X.N.Atanazarov ochib, xodimlarning ish faoliyati, kunlik idoraviy va protsessual nazoratni kuchaytirish hamda Respublika hududida tergov xodimlari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzilishi holatlaridan toʼgʼri xulosa chiqarib olish, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, tamagirlik qilmaslik, fuqarolar bilan xushmuomalada boʼlish, ular bilan noqonuniy muloqotlarga kirishmaslik, tergov davomida halollik, qonuniylik, xolislik, adolat va insoniylik tamoyillariga asoslanib ish yuritish lozimligini qayd etdi.
Koʼlami keng yigʼilishda Tergov boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari podpolkovnik A.O.Ergashov boshqarma va uning shahar-tumanlari boʼlim va boʼlinmalari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirgan ishlari, faoliyatda erishilgan yutuqlar bilan birga yoʼl qoʼyilgan xato va kamchiliklardan tegishli xulosa chiqarib olgan holda ishni tashkil etishlari, jinoyatlarni tez va toʼla ochish, qonun ustuvorligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish, har bir jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan javobgarlik muqarrarligini taʼminlash, jinoyat ishlarini protsessual qonun asosida har tomonlama toʼliq sifatli tergov qilish, jinoyatning sabablari, uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan choralarni koʼrish tergov idoralarining asosiy vazifasi boʼlishini taʼkidlab oʼtdi.
Yigʼilish davomida hisobot davridagi xizmat faoliyati davomida jinoyat ishlarining tergovini sifatli oʼtkazilishini taʼminlagan, yuqori natijalarga erishib, xizmatdoshlari uchun oʼrnak boʼlgan 4 nafar tergovchi va surishtiruvchilarga hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar va esdalik sovgʼalar topshirildi. Yigʼilish davomida xato va kamchiliklarga yoʼl qoʼyib kelgan 2 nafar tergov idorasi xodimiga "Hayfsan" intizomiy jazosi eʼlon qilindi hamda bir nafar tergov boʼlimi boshligʼi qoniqarsiz xizmatlari tufayli lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, boshqarma va uning shahar-tumanlardagi tergov idoralari xodimlariga 8 dona printer, 4 dona konditsioner, 1 dona televizor, 2 dona 3 oʼrindiqli stul, kantselyariya mahsulotlari va boshqa ish anjomlari tarqatildi.

Text to speech