18 Oktyabr 2022 yil 275

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Olimjon Abdullayev G‘uzor tuman IIBda hisobot yig‘ilishi o‘tkazdi

 

 

G‘uzor tuman IIBda joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat, ijrochilik intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda ma’naviy-ma’rifiy, kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi vazifalar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tezkor yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Olimjon Abdullayev so‘zga chiqib, tuman hududida tezkor vaziyatni yaxshilash, siyosiy-ijtimoiy vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarni oldini olish, huquq-tartibotni mustahkamlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida keng qamrovli tezkor qidiruv va profilaktik tadbirlari natijasida umumiy jinoyatlar kamaygani qayd etildi. Shunday bo‘lsa-da, ayrim turdagi oldi olinishi mumkin bo‘lgan va tashabbus bilan aniqlanadigan jinoyatlar kam fosh etilgani tanqid ostiga olindi.

Ayrim profilaktika inspektorlari o‘z ishiga mas’uliyatsizlarcha yondoshganligi oqibatida xizmat hududlarida oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar oshib ketib, “Qizil” toifaga o‘tib qolgani, qolaversa muqaddam sudlanganlar va nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik ishlar qoniqarsiz ahvolda ekanligi aytib o‘tildi.   

  Ko‘lami keng yig‘ilishda jinoyatlarni oldini olish bilan birga sohaviy xizmatlar o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, faoliyat davomida ichki ishlar organlari xodimlari xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishi, xizmat vaqtida va xizmat kiyimida spirtli iste’mol qilgan xodimlar ichki ishlar organlaridan bo‘shatishgacha intizomiy jazo chorasi qo‘llanishi, har bir xodim o‘z ustida mukammal ishlab, amaldagi buyruqlar va qonunlarni puxta o‘rganishi, tamagirlik, poraxo‘rlik kabi salbiy illatlarga yo‘l qo‘ymasliklari to‘g‘risida rasman ogohlantirildi.

Tahliliy yig‘ilishda xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan yondoshgan ayrim xodimlar qattiq ogohlantirilib, kun tartibidagi massalalr yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Text to speech