18 Oktyabr 2022 yil 250

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Isroil Ximmatov Chiroqchi Yakkabog‘ va Qamashi tuman IIBlarida hisobot yig‘ilishi o‘tkazdi

 

Har uchchala tumanda o‘tkazilgan tahliliy va tanqidiy yig‘ilishlarda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari  joriy yilning to‘qqiz oyi davomida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, ro‘y berganlarini fosh etish  borasida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni atroflicha  tahlil etdi.

Hisobot yig‘ilishida ayrim turdagi jinoyatlar oshgani tanqid qilindi. Ayrimlari esa ichki ishlar organlari xodimlarining hamkor tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari bilan amalga oshirgan tadbirlari tufayli kamaygani qayd etildi.

Ko‘lami keng yig‘ilishda tumanlardagi “qizil” toifali mahallarda profilaktik ishlarni kuchaytirish, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olishga mas’ul xodimlar qattiq ogohlantirilib, uning oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.

Yakunda kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, rahbarlar mas’uliyati oshirildi.

 

Text to speech