18 Oktyabr 2022 yil 255

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev Shahrisabz shahar IIB xodimlari tomonidan to‘qqiz oyda jinoyatlarni oldini olish borasida amalga oshirgan ishlari tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi    

 

  Boshqarma boshlig‘i o‘z so‘zida o‘tgan davrda Shahrisabz shahrida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarni atroflicha tahlil etdi. Jumladan, qotillik, talonchilik, tan jarohati va transport vositasini olib qochish, odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari, voyaga yetmaganlar va ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar oshgani tanqid ostiga olindi.

  Jinoyatlarni fosh etishda tezkor va sohaviy xizmatlar xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligi ishtirokchilarga uqtirildi.

  Shaharning qizil toifaga kiruvchi mahallalarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun bir guruh mas’ul xodimlar ogohlantirilib, bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish borasida tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari vazifador etilib, mas’uliyati oshirildi.

  Kengaytirilgan yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar oshkora muhokama etilib, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Text to speech