18 Mart 2023 yil 259

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.  

 

Xalqimizda “ustoz otangdek ulug‘” degan naql bor. Har bir shaxsning kamol topib, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishida ota-onadan ko‘ra, albatta, ustozning alohida o‘rni bor. O‘rgatgan bilim va tajribasini puxta o‘zlashtirib, sohada o‘ziga xos tajriba maktabi yaratgan shogirdning baxtu kamoli ustozning, ota-onaning, jamiyatning yutug‘i.

Ana shu an’analarga sodiq qolgan holda bugun Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch!” shiori asosida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, viloyat Nuroniylar kengashi, boshqarma va tumanlar faxriylar kengashlari a’zolari, ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan xodimlar va yoshlar ishtirok etgan tadbirda so‘z olgan faxriylar har bir ichki ishlar organlari xodimi Vatanga, yurtga muhabbat, kasbga  sadoqat ila  sabot va sadoqat bilan xizmat qilib, huquqbuzarliklar va jinoyatlarga qarshi kurashish va oldini olishda katta avlod vakillarining beminnat pand va nasihatlariga amal qilsa, el nazariga tushishini ta’kidlashdi.

Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan o‘rta avlod vakillari o‘z so‘zida yoshlarni turli axborot xurujlaridan himoyalash, ularni Vatanparvar, ma’naviy- ma’rifiy bilimli, kasbga sadoqatli, xizmat intizomiga og‘ishmay rioya etish ruhida tarbiyalash, kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish, tamagirlik va korrupsiya holatlariga murosasiz ruhda tarbiyalash bugungi kun talabi ekanligini, bu borada amalga oshirilayotgan tadbirlarni yanada kuchaytirish, shaxsiy tarkibning fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lishi xususida ham taklif va tavsiyalar  berdi.

Tadbirda so‘z olgan Qarshi tuman ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor lavozimida boshladim.

Uch avlod uchrashuvida so‘z olgan yoshlar oliygohda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashda ko‘p yillar ichki ishlar organlarida xizmat qilgan xodimlar va bugungi kunda faxriylik gashtini surayotgan faxriylar o‘gitiga amal qilib, ularning xizmat va hayot tajribasiga asoslangan fikr-mulohazalari asosida xizmatni tashkil etib, kelayotganini bildirishdi. Bu borada Uch avlod uchrashuvi tadbirlari, ustoz-shogird ana’analari yoshlarga beg‘araz va beminnat ko‘makchi ekanligini bildirishdi. 

Ularning xizmat yillari haqidagi suhbatlarida yaratilgan shart-sharoitlarni hozirgisi bilan solishtirib, biz yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan moddiy va ma’naviy imkoniyatlar, texnikalar, bundan tashqari  yoshlarga alohida e’tibor qaratilayotganini e’tirof etish o‘rinli.

Ko‘lami keng uchrashuvdan so‘ng ichki ishlar organlari faxriylari, xodimlari va yoshlar, ta’lim muassasalari kursantlari Qarshi tumanidagi Abu Mo‘in Nasafiy majmuasida bo‘lib, buyuk ulamoning Islom dini taraqqiyotiga qo‘shga hissasi va asarlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ko‘lami keng tadbir yoshlarda o‘zgacha tassurot qoldirdi.

Text to speech