16 Dekabr 2022 yil 494

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan tanqidiy va tahliliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qashqadaryo viloyati IIBda joriy yil o‘n bir oyi yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma sohaviy xizmatlari rahbarlari, shahar va tuman IIB boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tezkor xizmat vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda shahar-tuman IIB mas’ul xodimlari videoselektor tarzida ishtirok etishdi. Ko‘lami keng yig‘ilishni viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev ochdi.

Yig‘ilishda  boshqarma boshlig‘i joriy yilning o‘tgan o‘n bir oyida viloyatda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy- tahlil qildi.

Yig‘ilishda vohada jinoyatchilikning ildiziga bolta urish va unga qarshi kurash, sodir etilganlarini izlar bosilmay fosh etish, qonunbuzarliklarga barham berish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar talab darajasida amalga oshirilmagani ta’kidlandi.

Vohada qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, ro‘y berganlarini fosh etish borasida amalga oshirilgan ishlar, faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, tegishli sohaviy xizatlar rahbarlari oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.

Ichki ishlar organlari xodimlari huquq-tartibotni mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash, osuda turmushga zamin hozirlashda keng jamoatchilik, ayniqsa, mahalliy hokimliklar, qishloq, mahalla faollari, korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Ushbu jarayonda ogohlikni yanada kengroq targ‘ib etib, yoshlarni turli illatlar domiga tushib qolishining oldini olish bosh vazifa bo‘lmog‘i lozim. Bu borada kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha sohaviy xizmatlar rahbarlari vazifador etilib, mas’uliyati oshirildi.

 Bundan tashqari, shahar-tuman 3-sektorlaridagi ishchi guruhlar tomonidan “mahallabay”, “xonadonbay” va “fuqarobay” ishlash jarayonida qish mavsumini betalofat o‘tkazish, hududlarda kommunal sohadagi kamchiliklarni muntazam nazorat qilib, uchraydigan muammolarni  bartaraf etish, asosiy e’tibor aholining e’tiroziga sabab bo‘luvchi holatlarni barvaqt aniqlash va ushbu muammolarni sektor rahbarlari, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hal etish bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligi ishtirokchilarga e’tiboriga yetkazildi.   

Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami oldidan bozorlarda sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari va pirotexnika vositalarining sotilishini oldini olish maqsadida hududiy soliq idoralari, sanitariya-epidemiologiya nazorati rahbarlari va bozor ma’muriyati bilan birgalikda tegishli tadbirlar kuchaytirgan holda tashkil etish topshirig‘i berildi.

Kengaytirilgan yig‘ilishda erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar oshkora muhokama etilib, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: