4 Iyun 2020 yil 768

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida...

Probatsiya boʼlimi va uning joylardagi boʼlinmalari vakillari ishtirokida joriy yilning oʼtgan besh oyida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʼishlangan “Tekshirmasang, bilmaysan” shiori asosida yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda IIV Probatsiya va JIEBB probatsiya xizmati rahbariyati, boshqarma Probatsiya boʼlimi va uning shahar tuman boʼlinmalari hamda guruhlari inspektorlari ishtirok etishdi. 

Bugun Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi probatsiya boʼlimi va uning joylardagi boʼlinmalari hisobida toʼrt ming nafardan ortiq shaxslar nazoratda turadi. Bu toifa shaxslarni tarbiyalash, ish bilan taʼminlash, ular tomonidan ogʼir va oʼta ogʼir turdagi jinoyatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil etildi. Nazoratda turgan shaxslar bilan muntazam profilaktik ishlar olib borilishiga qaramasdan qayta jinoyat sodir etish holatlari uchrayotgani tanqid qilindi. Bular axloq tuzatish ishi va ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan shaxslar tomonidan sodir etilgani aytib oʼtildi.

Yilning oʼtgan davrida nazoratdagi shaxslar orasida berilgan imkoniyatdan foydalanib, tuzalish yoʼliga oʼtish oʼrniga jazo oʼtashdan boʼyin tovlagani uchun 58 nafarining jazosi sud hukmi bilan ogʼirrogʼiga almashtirildi. Shundan boshqarma Probatsiya boʼlimida nazoratda turib, amaldagi qonun talablarini buzgan 34 nafar nazoratdagi shaxslarning jazo turi  jinoyat ishlari boʼyicha sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etishga almashtirildi.

Yigʼilishda IIV JIEBB huzuridagi Probatsiya xizmati boshligʼi polkovnik M.Ismoilov ishtirok etdi.

Text to speech