17 Mart 2021 yil 749

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi “Tozalash-antiterror” tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi “Tozalash-antiterror” tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida, viloyat hududida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash uchun hamkor idoralar masʼul xodimlari bilan hamkorlikda 2021 yilning 16 mart kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Navroʼz mahalla fuqarolar yigʼini hududida joylashgan «Qarshi Conch Cement IP OOO» xorijiy korxonasida vaqtincha mehnat faoliyati bilan shugʼullanuvchi Xitoy Halq Respublikasi fuqarolarini respublikamizda yashash va boʼlish qoidalariga rioya etishlari, boʼlish muddati tugaganidan soʼng respublika hududidan chiqib ketishlari va boshqa holatlar oʼrganildi.
Oʼrganish davomida, “Qarshi Conch Cement IP OOO” xorijiy korxonasida hozirgi kunda 180 nafardan ortiq xorijiy mutaxassislar, yaʼni xorijiy ishchilar shu korxonaning ishchilar yotoqxonasida vaqtincha roʼyxatdan oʼtgan holda mehnat faoliyati bilan shugʼullanmoqda. Shuningdek, mazkur xorijiy korxonani qurilish ishlari davom etayotganligi, qurilishda “MSS-17 Tashkent Group”, “Sinoma Handan” va “Teng Xing Construction” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining xorijiy mutaxassis va ishchilari mehnat faoliyati bilan shugʼullanayotganligi aniqlandi.
Shuningdek, 2021 yil 16 mart kuni oʼtkazilgan tadbir davomida Kitob tumani Navroʼz mahalla fuqarolar yigʼini hududida joylashgan “Qarshi Conch Cement IP OOO” xorijiy korxonasi qurilishida ishtirok etayotgan “Teng Xing Construction” masʼuliyati cheklangan jamiyatining taklifiga asosan Oʼzbekiston Respublikasi hududiga joriy yilning 6 mart kuni kirib kelgan 20 nafar Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari 09.03.2021 yildan 15.03.2021 yilga qadar “Qarshi Conch Cement IP OOO” xorijiy korxonasining Navroʼz mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi ishchilar yotoqxonasiga vaqtincha roʼyxatdan oʼtmasdan yashab kelayotganligi aniqlandi. Shu sababli, mazkur qoidabuzar xorijiy fuqarolarga nisbatan 2021 yil 16 mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi Kodeksning 225-moddasi 1-qismiga koʼra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (1 mln 225 ming soʼm) miqdorida jarima jazosi qoʼllanildi.
Bundan tashqari, “Qarshi Conch Cement IP OOO” xorijiy korxonasi qurilishida ishtirok etayotgan “Teng Xing Construction” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Xitoy Xalq Respublikasidan Oʼzbekiston Respublikasi hududiga 2021 yil 6 mart kuni kelgan 20 nafar xorijiy mutaxassis va ishchilarni 09.03.2021 yildan 15.03.2021 yilga qadar “Qarshi Conch Cement IP OOO” xorijiy korxonasining Navroʼz mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi ishchilar yotoqxonasiga vaqtincha roʼyxatdan oʼtishiga doir chora-tadbirlar koʼrmaganligi uchun 2021 yil 16 mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi Kodeksining 225-moddasi 4-qismiga koʼra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari (4 mln 490 ming soʼm) miqdorida jarima jazosi qoʼllanildi.

Text to speech