30 Noyabr 2022 yil 221

Qashqadaryo viloyati  Ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Unda Qashqadaryo viloyat IIB rahbariyati va viloyat bandlik bosh boshqarmasi hamda Qarshi shahar Ishga marxamat MONO markazi xodimlari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari hamda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalariga tayangan holda ichki ishlar organlari tizimida bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa, yoshlarni ishga joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnat muhofazasini kuchaytirish maqsadida imzolangan memorandumda bir qator ijobiy maqsadlar ko‘zlangan. Jumladan, Memorandumning maqsadi ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollarini belgilash, o‘zaro qiziqish uyg‘otadigan masalalarni kelishgan holda amalga oshirish, o‘zlarining vakolatlari doirasida manfaatli munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish yo‘lida hamkorlikni tashkil etishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari, ishchi va xizmatchilar hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan turmush o‘rtoqlari va 18 yoshga yetgan farzandlarini kasbga yo‘naltirish, kasbiy qiziqishi va layoqatini inobatga olgan holda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida xodimlar, pensionerlar va ularning oila a’zolarini Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Ishga marhamat” monomarkazlarda, kasb-hunarga o‘qitish markazi, professional ta’lim muassasalarida va usta-shogird usulida o‘qitishni tashkil etiladi.

Tomonlar manfaatlaridan kelib chiqib, o‘zaro rozilik asosida boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlikni amalga oshirishi mumkin.

Text to speech