Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Respublika “PSIXOLOGIK MARKAZ” Qashqadaryo viloyat boʼlimi oʼrtasida oʼrnatiladigan hamkorlik toʼgʼrisidagi MEMORANDUM imzolandi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 02 aprelь kuni PQ 5050-sonli “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Qarori bilan “Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish kontseptsiyasi” tasdiqlandi. Kontseptsiyaga koʼra, ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz!" kontseptual gʼoyasi asosida tashkil etilishi, xodimlarning ongu tafakkuriga Vatan va xalq manfaatlariga xizmat qilish sharafli va muqaddas burch ekanligini anglash, davlatimiz va ichki ishlar organlarining timsollari bilan faxrlanib, qasamyodiga sodiq boʼlish hamda kasbiy burchini bajarishda qonuniylikka qatʼiy rioya etish tuygʼusini chuqur singdirish orqali xalqning ularga boʼlgan ishonchi va hurmat hissini yuksaltirish kontseptsiyaning asosiy maqsadi va vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida oʼtgan davrda mazkur yoʼnalishda bir qancha tadbirlar oʼtkazilib, mazkur tadbirlarda yuqorida nomlari keltirib oʼtilgan vazirlik va qoʼmitalarning viloyatimizdagi boʼlimlari bilan har tomonlama hamkorlik qilinmoqda. Bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida bugun viloyat IIBda Respublika psixologiya markazi Qashqadaryo viloyati boʼlimi oʼrtasida memorandum imzolandi.
Bugun imzolangan memorandum Yuqorida nomlari tilga olingan, hamkorlik faoliyat toʼgʼrisidagi ushbu memorandum tomonlari oʼz kuchlarini jipslashtirish yoʼli bilan ushbu Kelishuvda koʼzda tutilgan yoʼnalishlarda umumiy maqsadlarga yerishish uchun birgalikda harakat qilish majburiyatini oladilar.