10 Sentyabr 2021 yil 522

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi polkovnik Sh.Satvoldiev viloyat IIBda fuqarolar bilan sayyor qabul oʼtkazdi

Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi, 3-sektor rahbari  polkovnik Shuhratjon Satvoldiev boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida vohaning shahar va tumanlaridan murojaat bilan kelgan fuqarolarni qabul qildi.

Qabulda boʼlgan fuqarolarning sodir etilgan qonunbuzarlik va jinoyat ishlari boʼyicha surishtiruv va dastlabki tergov jarayoni va profilaktika xizmatining huquqbuzarlik boʼyicha olib borayotgan surishtiruv ishlaridan noroziligi, ichki ishlar organlariga ishga kirish bilan bogʼliq 8 ta murojaati tinglandi. Har bir murojaatni belgilangan tartibda oʼrganib, belgilangan muddatlarda hal qilish boʼyicha boshqarma sohaviy xizmatlar rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech