20 Mart 2023 yil 296

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Satvoldiev Shuhratjon Hoshimovichning "21 mart – Navro‘z umumxalq bayrami" munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli Ichki ishlar organlari xodimlari, harbiy xizmatchilar, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, o‘quvchilari, faxriylar hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari!

Sizlarni 21 mart – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!

Necha ming yillardan buyon ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan, xalqimizning milliy qadriyatlari o‘laroq ulug‘lanib, qadrlanib kelayotgan qadimiy va hamisha navqiron Navro‘z ayyomi - yangilanish, yasharish va poklik ramzi bo‘lib, millatimizga xos mehr-oqibat, mehmondo‘stlik va muruvvat kabi oliymaqom xislatlarni mujassam etgani bilan ham ahamiyatlidir.

Muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev “Navro‘z – inson va tabiatni asrab-avaylashga, tinchlik, do‘stu birodarlik va hamkorlik kabi umumbashariy qadriyatlarni e’zozlashga chorlaydigan ulug‘ bayramdir”, deya e’tirof etganlar.

Bu ulug‘ ayyom umuminsoniy g‘oyalari bilan insoniyat hayotidan munosib o‘rin egallagan. Navro‘z - bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami. Millati, dinidan qat’iy nazar, shu yurtda yashayotgan barcha millatlar, elatlar uchun birdek sevimli ayyom. Keksa-yu yosh uchun birdek aziz shodiyona!

Sizlarning elu yurt osoyishtaligi va xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lidagi ham mashaqqatli, ham sharafli xizmatingizda ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilayman!

Yurtimizga kirib kelgan Navro‘z - xonadonlarimizga quvonch, ko‘ngillarga  saodat olib kelsin! Barchangizga mustahkam sog‘lik, uzoq va mazmunli umr, dasturxoningizga fayzu baraka tilayman.

Text to speech