Qashqadaryo viloyati hududida “online” tartibida ishlovchi radar ishlamoqda. Hurmatli haydovchilar tezlikni meʼyoridan oshirmang!
Qashqadaryo viloyat IIB YHXB tomonidan 2020 yilning oʼtgan 10 oyi mobaynida 238.273 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jami 50 602 631 501 soʼmlik jarimalar belgilangan, shundan rasmiylashtirilgan 190.462 ta maʼmuriy bayonnomalardan, 40.627.694.560 soʼmlik jarimalar undirilgan. 15.456 ta maʼmuriy bayonnomalardan 4.346.085.161 soʼmlik jarimalar undirilish arafasida boʼlib, 32.370 ta maʼmuriy bayonnomalardan 4.983.733.736 soʼmlik jarimalarni undirish uchun majburiy ijro byurosiga yuborilgan.
Viloyat hududida “online” tartibida ishlovchi maxsus avtomatlashtirilgan fotoradar orqali jami aniqlangan 43.363 ta holatda 20.787.502.500 soʼmlik jarimalar aniqlangan boʼlib, shundan 23.029 ta 10.531.844.000 soʼmlik (50 %) belgilangan jarimalar undirilgan. Hozircha undirilmasdan qolgan 19.997 ta holat boʼyicha 10.080.938.000 soʼmlik belgilangan jarimalarni undirish boʼyicha “auto-con” nomli maxsus avtomatlashtirilgan maxsus texnik vositalar orqali qarzdorliklar aniqlanib, joyida undirish ishlari yoʼlga qoʼyilgan.