Qashqadaryo viloyat IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash boʼlinmasi tomonidan aniqlangan isteʼmolga yaroqsiz goʼsht mahsulotlari yoʼq qilinmoqda
Qashqadaryo viloyati IIB Post-patrulь xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini taʼminlash boʼlinmasi xodimlari sohaviy xizmatlar va veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda, fuqarolar tomonidan 6 ta holatda jami 1905 kg veterinariya laboratoriya ekspertiza xulosasiga asosan isteʼmol uchun yaroqsiz deb topilgan goʼsht va goʼsht mahsulotlarini viloyatimiz va Respublikamizning isteʼmol bozorlariga chiqishini oldi olinib, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmachsining masʼul xodimlari ishtirokida tegishli tartibda yoqish yoʼli bilan yoʼq qilindi.
Bundan tashqari, 5 oy davomida veterinariya-sanitariya tartib qoidalarini buzgan 327 nafar fuqaroga nisbatan veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilib, 15.888.500 soʼm miqdorda jarima qoʼllanildi.
Karantin tadbirlarini taʼmilash boʼlinmasi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari tomonidan profilaktik tadbirlar davom etmoqda.