3 Fevral 2023 yil 249

Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Jasurbek Atayev Kasbi tuman IIBda sarhisob yig‘ilishi o‘tkazdi

Kasbi tuman IIBda Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Jasurbek Atayev ishtirokida o‘tgan yilda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Hisobot yig‘ilishida tumanda huquq-tartibotni mustahkamlash, huquqbuzarliklar, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish va ro‘y berganlarini fosh etish, qonunbuzarliklarga barham berish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda tuman IIB tezkor va sohaviy xizmatlar xodimlari amalga oshirgan ishlar atroflicha tanqidiy-tahlil qildi.

Keng ko‘lamli yig‘ilishda tumanda jinoyalarni oldini olish va ro‘y berganlarini fosh etish borasida tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi. Tadbirda Prezidentimizning 2023 yil 20 yanvar kunidagi PQ-10-son Qarori borasida ham ishtirokchilarga tegishli tushunchalar berildi.

Text to speech