5 May 2023 yil 276

Boshqarma boshlig‘ining navbatdagi qabuli

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i va uning qo‘yi tizimlari rahbarlari tomonidan joylarda fuqarolar bilan doimiy muloqot qilish, ularni murojaatlarini tinglab, muamolariga yechim topish borasida bir qator sayyor qabullar uyushtirilmoqda. Qabullarda asosiy e’tibor “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” g‘oyasi asosida fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari ta’minlanishiga qaratilmoqda. Jumladan, bugun  boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i 3-sektor rahbari polkovnik Shuxratjon Satvoldiyev turli masalalardagi  murojaatlar bilan kelgan fuqarolarni qabul qildi.

Qabulda murojaatlar asosan ichki ishlar organlariga ishga kirish, tergov surishtiruv harakatlari bilan bog‘liq, shuningdek, xizmat joyini uyiga yaqin joyga o‘zgartirish, ijtimoiy himoya masalalaridan iborat bo‘ldi.

Sayyor qabulda ayrim murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, o‘rganish uchun vaqt talab etadigan muammolar ijrosi nazoratga olindi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech