26 Iyul 2023 yil 287

Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasida 6 oylik yakunlari sarhisob qilindi

Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida joriy yilning olti oyi davomida joylardagi tergov bo‘linmalari faoliyati muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Isroil Ximmatov ochib, xodimlarning ish faoliyati, kunlik idoraviy va protsessual nazoratni kuchaytirish hamda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, tamagirlik qilmaslik, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, ular bilan noqonuniy muloqotlarga kirishmaslik, tergov davomida halollik, qonuniylik, xolislik, adolat va insoniylik tamoyillariga asoslanib ish yuritish lozimligini qayd etdi.

Ko‘lami keng yig‘ilishda Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Yashin Xudoyberdiyev boshqarma va uning shahar-tumanlari bo‘lim va bo‘linmalari tomonidan joriy yilning olti oyi davomida amalga oshirgan ishlari, faoliyatda erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni atroflicha tahlil etdi. Faoliyat davomida jinoyatlarni tez va to‘liq ochish, qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish, har bir jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlash, jinoyat ishlarini protsessual qonun asosida har tomonlama to‘liq sifatli tergov qilish, jinoyatning sabablari, uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan choralarni ko‘rish tergov idoralarining asosiy vazifasi bo‘lishi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida hisobot davridagi xizmat faoliyati davomida jinoyat ishlarining tergovini sifatli o‘tkazilishini ta’minlagan, yuqori natijalarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh tergovchi va surishtiruvchilarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech